Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Bangladeshga yigirilgan ip yetkazib beradi
O‘zbekiston va Bangladesh 5 mln dollarlik yigirilgan ip yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. O‘zbekistonlik to‘qimachilar yigirilgan ip yetkazib berish bo‘yicha shartnomani Bangladeshga 24-27 yanvar kunlaridagi tashriflari vaqtida imzolashgan.
Safardan maqsad Bangladeshning to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishdagi tajribasini o‘rganish va Yarn and Fabrics Fair 2018 ko‘rgazmasiga tashrif buyurishdan iborat bo‘lgan.
O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibiga “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi to‘qimachilik korxonalari vakillari kirishgan.
O‘zbekiston vakillari safar davomida Bangladesh to‘qimachilik sohasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishgan, savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qilishgan va hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olishgan.
O‘zbekiston delegatsiyasi shuningdek Bangladeshning tayyor tikuv-trikotaj buyumlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yetakchi yigirmata korxonasi orasiga kiruvchi Turag Knit Composite Ltd korxonasiga tashrif buyurgan. Bu korxonada Yevropa bozorlari uchun mahsulot ishlab chiqariladi.
O‘zbekiston yengil sanoat korxonalari 2017 yil yakunlariga ko‘ra, 1,1 mlrd dollarlik mahsulotlar eksport qilishgan. O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalari mahsulotlari dunyoning 50 dan ko‘proq davlatiga yetkazilgan. To‘qimachilik sohasida 2017 yil boshida 293 ta eksportchi korxona bo‘lgan bo‘lsa, yil yakunlariga ko‘ra ularning miqdori 350 taga yetgan.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026