Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
62 dollarlik qarz tufayli o‘n yoshli qizchani garovga olishdi
Armanistonning Yegvard shahrida yashovchi ayol o‘z tanishining o‘n yoshli qizini 62 dollar (30 ming arman drami)lik qarz tufayli garovda ushlab turganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda Armaniston Tergov qo‘mitasi saytida xabar berildi.
Tergovchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, ayol «oilalar o‘rtasida uzoq yillar davomida yuzaga kelgan yaqin munosabatlardan foydalanib, aldov bilan, do‘konga borish bahonasida» qizni o‘z uyiga olib kirgan.
Shundan so‘ng u qizchaning onasidan 30 ming dramlik qarzini qaytarishni talab qilib, aks holda bolani qo‘yib yubormasligini aytgan, deyiladi TQ xabarida.
Ta'kidlanishicha, ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi ayni damda ushlangan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tergov ishlarini olib borishmoqda. Ayolning aybi tasdiqlanadigan bo‘lsa, u 10 yilgacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Mavzuga oid
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
09:45 / 15.06.2026
Armaniston sobiq prezidentiga mamlakatdan chiqish taqiqlandi
15:04 / 13.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
10:45 / 13.06.2026