KXDRdan Pyongchangga «2-raqamli inson» borishi mumkin – OAV
Pyongchangdagi Olimpiada-2018’da KXDRdagi «2-raqamli inson» - Mehnat partiyasi raisi o‘rinbosari Tsoy Ren Xe ishtirok etishi mumkin. Bu haqda RBK Janubiy Koreyaning Yonhap agentligiga tayangan holda yozmoqda.
68 yoshli amaldor Shimoliy Koreya delegatsiyasi safidan joy olishi mumkin. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, uning tarkibiga uch nafar yuqori mansabli mulozim, shuningdek 18 nafar yordamchi kiradi. Kutilishicha, Shimoliy Koreya Oliy xalq kengashi raisi Kim Yon Nam delegatsiya rahbari etib tayinlanadi.
Koreya Respublikasi va KXDR Olimpiadaning ochilishida yagona bayroq ostida chiqadi. Bundan tashqari, Janubiy Koreyadagi qishki o‘yinlarga shimoliy koreyalik raqqoslar va musiqachilar, shuningdek KXDRdan 230 kishilik qo‘llab-quvvatlov guruhi va 30 kishilik taekvondo bo‘yicha ko‘rgazmali jamoa boradi. Shimoliy Koreya delegatsiyasi tarkibidan hammasi bo‘lib 550 sportchi o‘rin oladi.
Mavzuga oid
22:41 / 13.10.2024
Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreyani «dahshatli halokat»dan ogohlantirdi
21:18 / 11.10.2024
Janubiy Koreya yetti yil ichida ilk bor Taurus raketalaridan foydalangan holda mashg‘ulot o‘tkazdi
18:21 / 11.10.2024
Ukrainada KXDR askarlari jang qilyaptimi - va ular Rossiya armiyasiga qanday yordam bera oladi?
20:32 / 09.10.2024