Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda 13 yoshli bola qutqarildi
Joriy yilning 4 fevral kuni Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining «1050» qutqaruv xizmatiga Termiz shahrida yashovchi fuqaro S.B. tomonidan murojaat kelib tushdi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.
Olingan ma'lumotga ko‘ra, fuqaro S.B.ning uyining temir eshigi berkilib qolganligi, 13 yoshli bolasi uyda uxlab yotganligi, choy damlash uchun gazga suv qo‘yganligi va eshikni taqillatsa ham hech kim javob bermayotganligi sababli xavotir olayotganligi ma'lum bo‘lgan.
Qutqaruvchilar zudlik bilan Yong‘in xavfsizligi xizmati va Tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini jalb qilib, voqea joyiga o‘z vaqtida etib borishdi.
Qutqaruv guruhi tomonidan eshik ochilganda, konditsioner ulangan rozetka erishi natijasida uyning ichi tutun bilan to‘lganligi hamda u yerda o‘smir bola hushsiz yotganligi aniqlandi. Qutqaruvchilar bolani tezkorlik bilan tez tibbiy yordam xodimlariga olib chiqishdi va unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
18:28 / 20.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin yaratgan o‘rmonzor "Dendrologiya bog‘i"ga aylantiriladi
08:58 / 20.06.2026
Chirchiqdagi kanalda hushsiz holatdagi fuqaro qutqarildi
09:40 / 18.06.2026
Katta Chimyon tog‘ida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi o‘tkazildi
09:05 / 17.06.2026