Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yashiringan bosqinchi
Foto: KUN.UZ
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, 31 yanvar kuni soat 09:15larda Sh.Rashidov tumanida yashovchi, 4-sinf o‘quvchisi, A.X.ni uyida yolg‘izligidan foydalanib, noma'lum shaxs “dadang harbiyda ishlaydimi, ularni ro‘yxatini qilib yuribman” deb, uni pichoq bilan qo‘rqitib, uyiga kirib xonadagi pullarini olib voqea joyidan yashiringan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Jizzax shahar A.Navoiy MFY Beshquvur ko‘chasida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1992 yilda tug‘ilgan F.R. sodir etganligi aniqlanib, ushlash choralari ko‘rilgan.
Mavzuga oid
10:15 / 13.01.2026
Jizzaxda maktabdan qaytayotgan o‘quvchi piyodalar yo‘lagida mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
14:57 / 07.01.2026
“Yovvoyi to‘ng‘iz deb o‘ylabman” – Jizzaxda ovchi o‘z sherigini otib qo‘ydi
10:54 / 18.12.2025
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi
13:55 / 11.12.2025