Prezident «Suzuk ota» maqbarasini ziyorat qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Suzuk ota» maqbarasini ziyorat qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari 2017 yil 26 may kuni «Suzuk ota» majmuasida bo‘lib, maqbara va masjidni rekonstruksiya qilish, atrofini obodonlashtirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Shu asosda bu yerda ulkan bunyodkorlik ishlari davom etmoqda. Masjidning tarixiy binosi saqlab qolingan holda atrofi kengaytirilmoqda. 900 kishiga mo‘ljallangan ayvon qurilmoqda. Shuningdek, hunarmandlar uchun ustaxonalar, avtoturargoh va boshqa inshootlar barpo etilmoqda. Qurilish ishlari joriy yilning 1 sentabrida yakunlanishi mo‘ljallangan.
Mazkur maskan ziyorati chog‘ida o‘tganlar xotirasi yodga olinib, Qur'on tilovat qilindi.
Prezident majmuadagi qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Ziyoratchilar uchun qulayliklarni yanada oshirish, hududni obodonlashtirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.
Mavzuga oid
11:19 / 12.08.2020
«Suzuk ota» majmuasini saqlash uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratiladi
17:10 / 27.08.2019
Toshkent shahar bosh imom-xatibi yangi binoda ish boshladi
20:20 / 07.07.2019
Uchtepa tumanida «Hunarmandlar shaharchasi» ish boshlaydi
14:35 / 10.05.2019