Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 10 may kuni poytaxtdagi Suzuk ota majmuasiga taşrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Şu yerda diniy ulamolar, nuroniylar bilan suhbat bölib ötdi. Davlat rahbari ularni Ramazon oyi bilan yana bir bor tabriklab, yangilangan majmuaning şunday uluğ ayyom kunlarda oçilişi xayrli ekanini ta'kidladi.
- Boşqa davlatlar yöq tarixini bor qilişga harakat qiladi. Biz buyuk tariximizni, allomalarimiz merosini xalqimizga, yoşlarimizga töliq yetkazib berolmadik. Özligimizni anglaş nuqtai nazaridan şunday joylarga e'tibor bersak, bunga hamma e'tibor qaratadi, - dedi Şavkat Mirziyoyev.
Ma'lumki, Suzuk ota öymakor usta bölgan. Bugun uning qadamjosi atrofida hunarmandçilik uylari taşkil etilgani çuqur mazmun-mohiyat kasb etdi. Ikki qavatli bu xonadonlarning birinçi qavati ustaxona va dökon uçun ajratilgan. Bu öziga xos hunarmandçilik markazi bölib, majmua bilan birga noyob turizm maskaniga aylanadi.
Prezident uşbu uylarni, yoğoç qirmaçilik va xattotlik ustaxonalarini kirib kördi.

- Hunarmandçilik – halol kasb. Bugungi kunda eng katta vazifamiz – iş joylari yaratiş. Hunarmandlarga şaroit yaratsak, ham özini boqadi, ham boşqalarni iş bilan ta'minlaydi. Şogirdlar tarbiyalasa, qança yoşlar hunarli böladi, öz tadbirkorligini oçib, daromad topadi, - dedi davlat rahbari.


















