Prezident Şavkat Mirziyoyev «Suzuk ota» maqbarasini ziyorat qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari 2017 yil 26 may kuni «Suzuk ota» majmuasida bölib, maqbara va masjidni rekonstruksiya qiliş, atrofini obodonlaştiriş böyiça topşiriqlar bergan edi. Şu asosda bu yerda ulkan bunyodkorlik işlari davom etmoqda. Masjidning tarixiy binosi saqlab qolingan holda atrofi kengaytirilmoqda. 900 kişiga möljallangan ayvon qurilmoqda. Şuningdek, hunarmandlar uçun ustaxonalar, avtoturargoh va boşqa inşootlar barpo etilmoqda. Quriliş işlari joriy yilning 1 sentabrida yakunlanişi möljallangan.
Mazkur maskan ziyorati çoğida ötganlar xotirasi yodga olinib, Qur'on tilovat qilindi.
Prezident majmuadagi quriliş işlarini közdan keçirdi. Ziyoratçilar uçun qulayliklarni yanada oşiriş, hududni obodonlaştiriş böyiça mutasaddilarga topşiriq berdi.








