Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidenti Shimoliy Koreyaga taklif qilinishi mumkin
Foto: EPA
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning Pyongchangdagi Olimpiadaga tashrif buyuradigan singlisi Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inni Shimoliy Koreyaga tashrif buyurishga taklif qilishi mumkin. Bu haqda Shimoliy Koreyaning istaklaridan xabardor bo‘lgan diplomatik manbalarga iqtibos keltirgan holda CNN telekompaniyasi xabar bermoqda.
Manbalar ma'lumotlariga ko‘ra, Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon Janubiy Koreya prezidentini joriy yilda Pxenyanga kelishga taklif qilishiga “yaxshi imkoniyat” bor. Bu taklif 10 fevralda, Janubiy Koreya prezidentining Shimol delegatsiyasi bilan uchrashuvida bildirilishi mumkin.
Ta'kidlanishicha, Mun Chje Inning Shimoliy Koreyaga tashrifi 15 avgustda bo‘lib o‘tishi mumkin, biroq bu masala bo‘yicha hech narsa kelishilmagan.
Shimoliy Koreya delegatsiyasi Janubga 9 fevralda yetib keladi. Shimoliy Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasining targ‘ibot-tashviqot bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimini egallovchi Kim Yo Chjon ham bu delegatsiya tarkibidan joy olgan.
Pyongchangdagi Olimpiada bugun, 9 fevralda rasman ochiladi va 25 fevralgacha davom etadi, Paralimpiada musobaqalari esa 9-19 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
14:32
Janubiy Koreya birinchilardan bo‘lib sun’iy intellektni tartibga solishni boshladi
19:00 / 23.01.2026
Janubiy Koreya dunyoda birinchi bo‘lib sun’iy intellektni tartibga soluvchi qonunni amalga kiritdi
19:52 / 21.01.2026
Janubiy Koreyaning sobiq bosh vaziri Xan Dok Su isyon ishi bo‘yicha 23 yilga qamaldi
13:42 / 16.01.2026