Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidenti Kim Chen Inning singlisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In shanba kuni Shimoliy Koreya delegatsiyasi bilan uchrashdi. KXDR delegatsiyasiga davlatning rasmiy rahbari, Shimoliy Koreya Yuqori yig‘ilishi prezidiumi raisi Kim Yon Nam rahbarlik qilmoqda, delegatsiya tarkibidan esa Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon joy olgan, deb xabar bermoqda Ryonxap agentligi.
Delegatsiya Koreya urushi yakunlanganidan beri eng yuqori darajadagiga aylandi. Shuningdek, tarixda ilk bor KXDR yetakchisi oilasining a'zosi Janubiy Koreyaga keldi.
Janubiy Koreya rahbari KXDR delegatsiyasini prezidentlik saroyida qabul qildi. Tomonlar bir-birining qo‘lini siqqan. Saroyga taklif etilgan delegatsiya tarkibida tinch birlashuv bo‘yicha qo‘mita raisi Li Son Gvon hamda jismoniy tarbiya va sport ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Chve Xvi ham bor.
Tomonlar uchrashuvdan so‘ng tushlikka yo‘l olishadi.
Delegatsiya Janubiy Koreyaga juma kuni keldi, Pyongchangdagi Olimpiadaning ochilish marosimida qatnashdi, so‘ng kechki ovqatga taklif etildi. Yakshanba kuni delegatsiya o‘z tashrifini yakunlaydi va vataniga jo‘nab ketadi.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
19:26 / 06.05.2026