Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron yangi ballistik raketasini taqdim qildi
Eron hukumati Tehronda islom inqilobining 39 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda yangi “Qadr” ballistik raketasini taqdim qildi. Fars axborot agentligining ma'lum qilishicha, suyuq yoqilg‘ida ishlovchi raketa kamida 2 ming kmlik masofani o‘ta oladi.
Ta'kidlanishicha, raketa yaratuvchilari uni ham harakatlanuvchi pusk qurilmasidan, ham shaxtadan otish imkoniyatini nazarda tutishgan. Raketa uchirilganini ehtimoliy dushmandan yashirish uchun u maxsus himoya tizimi bilan jihozlangan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, raketa turli mo‘ljallarni nishonga olishi uchun ajraluvchi kallak bilan jihozlanishi mumkin.
Bayram tadbirlarida Eron harbiy-sanoat majmuasining boshqa yangi ishlanmalari ham taqdim qilingan. Jumladan, yaqin masofalarga mo‘ljallangan “Fajr-5” raketasi modifikatsiyasi va “To‘fon 2-M” tanklarga qarshi raketasi namoyish qilingan. Shuningdek, ommaga ayni vaqtda sinovdan o‘tkazilayotgan, “Fotih” sinfidagi suv osti kemasining istiqbolli modeli taqdim qilingan.
Mavzuga oid
11:40
46 ta davlat uchun terroristik tashkilot – Eron islom inqilobi muhofizlar korpusi qanday tuzilma?
09:18
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
09:40 / 24.06.2026