Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya delegatsiyasi Janubiy Koreyaga tashrifini yakunladi
Shimoliy Koreyaning rasmiy rahbari Kim Yon Nam va mamlakat yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyaga tashrifini yakunladi va ortga qaytib ketdi. Bu haqda “Ryonxap” axborot agentligi xabar berdi.
Ushbu tashrif Shimoliy Koreyaning bunday yuqori darajadagi delegatsiyasining Janubga ilk tashrifi bo‘lgan.
Seuldagi “Inchxon” aeroportidan uchuvchi delegatsiyani Janubiy Koreyaning milliy birlashish ishlari bo‘yicha vaziri Cho Myon Gyun kuzatib qo‘ygan.
22 kishidan iborat delegatsiya Janubiy Koreyaga Pyongchangdagi Olimpiadaning ochilishi munosabati bilan 9 fevralda kelgandi. Delegatsiya Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In va bosh vazir Li Nak Yon bilan muzokaralar o‘tkazgan.
Mavzuga oid
09:03 / 27.05.2026
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026