Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni va BAA Yamanga 1 mlrd dollar ajratdi
Foto: Reuters/Khaled Abdullah
Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) 31 martga qadar BMTga Yaman aholisiga gumanitar yordam ko‘rsatish, shuningdek, mamlakat portlari hamda infratuzilmasini tiklash uchun va'da qilingan 1 mlrd dollarni o‘tkazib berishga rozi bo‘ldi. Bu haqda butunjahon tashkilot bosh kotibi o‘rinbosari Mark Loukok ma'lum qilgan.
Uning eslatishicha, har ikki davlat yanvarda Yamandagi gumanitar amaliyotlar uchun 1 mlrd dollar ajratish, shuningdek, mintaqa mamlakatlaridan bu maqsad uchun yana 500 mln dollar yig‘ib berishni va'da qilgan. «Saudiya Arabistoni podshohligi va BAA BMT bilan 31 martga qadar 930 mln dollarni Yamanda 2018 yili gumanitar choralar ko‘rish rejasini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazib berish jarayonini muvofiqlashtirib oldi. Ikki davlat mablag‘larni sarflashda faqat gumanitar ehtiyojlar hisobga olinishini ma'lum qildi», - deyiladi Loukokning yozma bayonotida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat tomonidan yana 70 mln dollar mojaro vaqtida vayron bo‘lgan portlar va boshqa infratuzilmani tiklash uchun taqdim etiladi. Uning aniqlik kiritishicha, ikki davlat tomonidan beriladigan mablag‘ 2018 yildagi gumanitar amaliyotlar uchun kerakli bo‘lgan 2,96 mlrd dollarning uchdan bir qismini qoplaydi. BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, bu mablag‘lar 8,5 mln kishiga oziq-ovqat yetkazib berish va 5,4 mln insonni ichimlik suvi bilan ta'minlashga yetadi. Bundan tashqari, BMT va uning hamkorlari 1400 ta maktab hamda 650 ta tibbiyot muassasasini tiklashni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
08:31
BMT bankrotlik xavfiga duch kelmoqda - WSJ
12:39 / 30.05.2026
Isroil va Rossiya kuchlari mojaro zonalaridagi jinsiy zo‘ravonlik uchun BMT qora ro‘yxatiga kiritildi
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026