Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Chinozlik Ahmadboy»ga nisbatan sud hukmi o‘qiladi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi chinozlik «Ahmadboy» nomi bilan mashhur bo‘lgan Ahmadjon Tursunboyev ishi bo‘yicha yakuniy sud majlislarini o‘tkazmoqda.
«Kun.uz» manbasi xabar berishicha, shu yilning 16 fevralida sudlanuvchi Ahmadboy va uning sheriklariga so‘nggi so‘zni aytish imkoni beriladi. 19 fevral kuni esa sud hukmi e'lon qilinadi.
Sud majlislari jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudida (Toshkent shahri, Rustaveli ko‘chasi, 93-uy) bo‘lib o‘tadi.
«Chinozlik Ahmadboy» nomi ostida xalq o‘rtasida tanilgan moliyaviy piramida asoschisi Ahmadjon Tursunboyev 2016 yil iyun oyi o‘rtalarida huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olingan edi.
O‘shanda O‘zMTRKning bir necha telekanallarida Ahmadboyning faoliyatiga bag‘ishlangan «Ahmad vasvasasi» nomi ostida hujjatli film efirga uzatilgan, ko‘rsatuvda ashyoviy dalil sifatida olingan mablag‘lar 13 mlrd. 139 mln. so‘m va 12 mln. AQSh dollari namoyish etilgandi.
U va sheriklari Jinoyat Kodeksining 177-moddasi 3-qismi «a» va «b» bandi (valyuta qimmatliklarini noqonuniy yo‘l bilan olish yoki sotish), 188-moddasi (davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib, juda katta miqdorda nazoratsiz daromad ko‘rish), 189-moddasi (Savdo qilish yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 190-moddasi 2-qismi «a» va «v» (Lisenziyasiz faoliyat bilan shug‘ullanish) bandlarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan.
Dastlabki sud majlislari 2017 yilning avgustida bo‘lib o‘tgandi.
Mavzuga oid
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
19:43 / 18.05.2026
3 kishini piyodalar yo‘lagida urib yuborib, ochiqda qolgan ayol qo‘shmachilik ustida ushlandi
13:12 / 18.05.2026