O‘zbekiston | 00:33 / 15.02.2018
122271
2 daqiqa o‘qiladi

Ichki ishlar tizimida yangi lavozimlar joriy qilindi

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” qaroriga muvofiq, Ichki ishlar tizimida yangi lavozimlar joriy qilindi. 

1.    O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda – Bosh boshqarma) boshlig‘i. Unga jamoat tartibini samarali saqlashni, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishni ta'minlash maqsadida Toshkent shahrining barcha ichki ishlar organlari faoliyatini, shu jumladan, biriktirilgan kuch va vositalarni muvofiqlashtirish huquqi beriladi;
2.    Bosh boshqarma boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – profilaktika inspektorlarining, eng avvalo, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi samarali faoliyatini tashkil etish, ushbu yo‘nalishda barcha sohaviy xizmatlarning o‘zaro muvofiqlashgan hamkorligini ta'minlash uchun javobgar;
3.    Muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining maslahatchisi – jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida katta amaliy ish tajribasiga hamda ushbu organlar tizimida obro‘ va hurmatga ega bo‘lgan ichki ishlar organlarining pensionerlari orasidan jamoatchilik asosida jamlanadi va unga to‘lanayotgan pensiyasining 30 foizi miqdorida byudjyet mablag‘lari hisobidan oylik ustama haq belgilanadi.

Mavzuga oid