Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik general-leytenant O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasiga bordi
2018 yilning 15 fevralida Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi qo‘mondoni, general-leytenant Aleksandr Lapin boshchiligidagi Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlari delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yangilangan Akademiyasi harbiy kadrlar tayyorlash tizimida asosiy o‘rinni egallaydi, mamlakat harbiy ilmining markazi hisoblanadi. Xorijiy armiyalar bilan keng tajriba almashish maqsadida Akademiya professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan yetakchi chet el oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro manfaatli harbiy hamkorlik tashkil etilmoqda.
Tashrif chog‘ida Rossiya delegatsiyasi vakillari Akademiya kursantlari va tinglovchilarining qiziqtirgan savollariga javob qaytarishdi. Akademiya professor-o‘qituvchilar tarkibi Suriyada xalqaro terrorizmga qarshi kurashda Rossiya Federatsiyasining qurolli kuchlari tajribasi bilan tanishdi.
Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlari vakillari akademiya tarixi va taktik, operativ hamda strategik darajada yuqori malakali xodimlarni tayyorlash jarayoni bilan batafsil tanishdilar.
Mavzuga oid
10:30
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
08:55
Rossiyada benzin sotuviga cheklovlar kengaymoqda
22:50 / 22.06.2026
Rossiyada 8 yoshli qahramon Xizir Derbichevning jasadi topildi
21:39 / 22.06.2026