Jahon | 11:02 / 21.02.2018
6720
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Falastinning taklifini rad etdi – OAV

Foto: AP

Amerika Qo‘shma Shtatlari Falastin milliy ma'muriyati rahbari Mahmud Abbosning Yaqin Sharq muammolari bo‘yicha xalqaro anjuman o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga qarshi chiqdi, deb xabar bermoqda Isroilning The Jerusalem Post gazetasi.

Xabarga ko‘ra, amerikalik siyosatchilar Jared Kushner (AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi), AQShning xalqaro muzokaralardagi maxsus vakili Jyeyson Grinblatt va AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heyli yopiq uchrashuvda bunday anjumanga tayyorgarlik ko‘rish kamida bir yil vaqtni talab etishi mumkinligi haqidagi fikrga kelgan.

Nashrdan ta'kidlashlaricha, AQShda mintaqadagi mojaroga yechim topish bo‘yicha o‘z rejasi bor va u yaqin vaqt ichida amalga oshirilishi mumkin. Ushbu reja tafsilotlari ochiqlanmagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid