Jahon | 15:24 / 21.02.2018
6588
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya tajovuzkorligiga istalgan usul bilan qarshilik ko‘rsatiladi – Suriya

Foto: TASS

Damashq Suriyaning Afrinida Turkiya tajovuzkorligiga istalgan usullar bilan qarshilik ko‘rsatadi. Bu haqda Suriyaning RFdagi elchisi Riyod Haddad chorshanba, 21 fevral kuni bayonot berdi.

«Biz istalgan usullar bilan qarshilik ko‘rsatamiz, sababi bu Suriya xalqiga qarshi tajovuzkorlik hisoblanadi», - deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.

Suriyaning Afrinida 20 yanvardan beri Turkiya qurolli kuchlarining «Zaytun novdasi» amaliyoti o‘tkazilmoqda, u kurdlarning o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlariga qarshi qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erdo‘g‘an Afrin yaqin vaqt ichida o‘rab olinishini ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid