Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya 5 davlat bilan erkin savdo to‘g‘risida bitim imzoladi
Janubiy Koreya va Markaziy Amerika davlatlari - Panama, Kosta-Rika, Honduras, Salvador hamda Nikaragua – chorshanba kuni erkin savdo to‘g‘risida bitim imzoladi. U kelayotgan 10 yil davomida tovarlarning 95 foizidan ortig‘iga import tariflarni bekor qilishni nazarda tutadi. Bu haqda Janubiy Koreya Savdo, sanoat va energetika vazirligi xabar bergan.
Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, hujjatni imzolash marosimida Kosta-Rika tashqi savdo vaziri Aleksander Mora, El-Salvador Respublikasi iqtisodiyot vaziri Taris Salomon Lopes Guzman, Honduras iqtisodiy rivojlanish vaziri Arnaldo Kastilo, Nikaragua rivojlanish, sanoat va savdo vaziri Orlando Solo, Panama savdo va sanoat vaziri o‘rinbosari Diana Salazar hamda Koreya Respublikasi savdo, sanoat va energetika vaziri Kim Xyon Chjon ishtirok etgan.
Imzolangan hujjat aslida 2015 yilning iyunida muhokama jarayoniga qo‘yilgan bo‘lib, Janubiy Koreya va Markaziy Amerika davlatlari o‘rtasida keng ko‘lamli strategik hamkorlikni shakllantiradi, deya qo‘shimcha qilib o‘tishgan vazirlikdan.
Janubiy Koreya va Markaziy Amerika davlatlari o‘rtasida erkin savdo to‘g‘risidagi bitim har bir ishtirokchi mamlakat parlamenti tomonidan hujjat tasdiqlangach kuchga kiradi.
Janubiy Koreya tomoni Markaziy Amerika mamlakatlari taklif etishi mumkin bo‘lgan tabiiy resurslardan manfaatdor. Ular esa, o‘z navbatida, Janubiy Koreya sarmoyalarini jalb etish va Janubiy Koreya bozorida mahsulotlarni ilgari surishga harakat qilmoqda.
Mavzuga oid
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
08:16 / 02.06.2026
Top-10: dunyo savdosida eng katta ulushga ega davlatlar
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026