Namanganlik o‘smir o‘z singlisini pichoqlab qo‘ydi
Namangan shahridagi “Madaniy maorif” mahallasi, 1-o‘tish yo‘li, Chortoq ko‘chasida yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan, savdo va maishiy xizmat kasb-hunar kollejida tahsil olayotgan I. U. ikki yosh kichik singlisi, 16-umumta'lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi N. U. ni pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda KUN.UZ’ning viloyatdagi muxbiriga mahalla fuqarolar yig‘ini faollaridan biri xabar berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, mazkur holat 2018 yil 20 fevral kuni tushlik paytida aka-singilning yashash xonadonida yuz bergan. 16 bahorni qarshi olmagan qiz voqea joyida vafot etdi. Manbaning aytishiga qaraganda, aka o‘z singlisining maktabdagi sinfdosh do‘stlari bilan telefonda surat tushishidan qattiq qizg‘angan va bu holat mazkur fojianing kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.
Ayni vaqtda ushbu holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan surishtiruv-tergov ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:40
Namanganda mashina «bagaji» ustida o‘tirib harakatlangan yigit vafot etdi
15:33 / 13.10.2024
Namanganda 1,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasini noqonuniy ishlatgan MChJ aniqlandi
22:29 / 11.10.2024
Namanganda chiqindi tashish korxonasi iste’molchilarga asossiz haq hisoblagani aniqlandi
14:09 / 07.10.2024