Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy va KXDR o‘rtasidagi savdo 2014 yildagi minimumga tushib ketdi
Foto: Reuters
Xitoy va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi savdo munosabatlari hajmi 2014 yilning iyunidan beri eng minimum darajaga tushdi va 215,97 mln dollarni tashkil qildi. Bu haqda Reuters Xitoy bosh bojxona boshqarmasiga asosan xabar bermoqda.
Xitoy 2018 yilning yanvarida 168,88 mln dollarlik mahsulotlarni eksport qildi (2017 yilning dekabrida 257,73 mln dollar). Bundan tashqari, 47,09 mln dollarlik mahsulotlar import qilingan (o‘tgan yilning dekabrida 54,68 mln dollar).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Pyongchangga tashrifi davomida KXDR yetakchisi Kim Chen Inga og‘zaki xabar yuborishga muvaffaq bo‘lgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026
KXDR Konstitutsiyasi o‘zgartirildi – uning nomidan «sotsialistik» so‘zi olib tashlandi
12:45 / 23.03.2026