Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe Pyongçangga taşrifi davomida KXDR yetakçisi Kim Çen Inga oğzaki xabar yuborişga muvaffaq bölgan. Yaponiya hukumati rahbari bu haqda çorşanba kuni Tokioda hukmron koalitsiyaga kiruvçi “Komeyto” partiyasi rahbari Natsuo Yamaguti bilan suhbat davomida aytib ötgan.
Boş vazir, Kyodo axborot agentligining xabar berişiça, unga Pyongçangda KXDR delegatsiyasi rahbari, mamlakat Oliy xalq yiğilişi prezidiumi raisi Kim Yon Nam bilan uçraşuvi haqida gapirib bergan. "Men undan Koreya Mehnat partiyasi raisi Kim Çen Inga bizning mamlakatning öğrilab ketilgan yapon fuqarolari, Şimoliy Koreya yadro va raketa dasturiga bölgan munosabatimiz böyiça pozitsiyani şaxsan yetkazişni söradim", - degan boş vazir.
Uning aniqlik kiritişiça, Kim Yon Nam bilan qisqa suhbat qişki Olimpiada oçiliş marosimidan avval ötkazilgan qabulda yuz bergan. "Bu uçraşuv ğoyat ahamiyatli edi. Men noyob imkoniyatdan foydalanişga muvaffaq böldim", - deya ma'lum qilgan Abe.












