Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Koreya va Rossiyada o‘z vakolatxonalarini ochadi
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi 2018 yilda Koreya Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida o‘z vakolatxonalarini ochishni rejalashtirgan. KUN.UZ muxbiri 23 fevral kuni Milliy matbuot markazida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida taqdim etilgan ma'lumotga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Samarqandda 2017 yilda Rossiyaga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarni moslashtirish va o‘qitish markazi ochildi. 2018 yilda xuddi shu markazni Farg‘ona shahrida ochishga doir ishlar olib borilmoqda.
Agentlik shuningdek 2018 yilda Rossiya, Koreya Respublikasi, Polsha bilan hamkorlikni kuchaytirish, Qozog‘iston, Germaniya, Turkiya, BAA, Ummon sultonligi bilan hamkorlik o‘rnatishni rejalashtirgan.
Tadbirda ma'lum qilinishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘tgan 2017 yilda 2613 nafar fuqaroni Koreya Respublikasiga yuborgan, 2710 nafar nomzod esa koreys tilidan test sinovidan o‘tgan va ularga ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasi yo‘llangan. Ta'kidlash joizki Janubiy Koreya tomonidan O‘zbekistonga 3000 o‘rinlik kvota berilgan.
Rossiyaning 24 ta korxona va tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarga asosan tanlovlardan o‘tgan 922 fuqaro ishlash uchun Rossiya Federatsiyasiga yo‘llangan.
Bundan tashqari, 17 nafar O‘zbekiston fuqarosi Yaponiyaga tashkillashtirilgan tartibda yuborilib, mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026