Jahon | 19:27 / 25.02.2018
4618
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston Suriyada yarashuv rezolyutsiyasiga to‘liq amal qilishga chaqirdi

Foto: RIA Novosti

Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi BMT Xavfsizlik kengashi Suriyada gumanitar vaziyatni yaxshilash maqsadida kamida 30 kunga jangovar harakatlarni to‘xtatish haqidagi rezolyutsiya qabul qilganini qutladi. Bu haqda vazirlik bayonotida aytilgan.  

“Suriyaning bir qator hududlarida oxirgi vaqt tinch aholi o‘rtasida ko‘p sonli qurbonlar bilan kechayotgan zo‘ravonlik darajasi oshgani ortida ushbu hujjatning dolzarbligini ta'kidlaymiz”, deb aytilgan bayonotda.  

Vazirlikda ta'kidlanishicha, rezolyutsiyaning qabul qilinishi Suriyaning eng ko‘p jabrlangan hududlarida gumanitar yordamga xavfsiz va hech qanday to‘siqlarsiz erishishni ta'minlash uchun aniq qadamlardan biri bo‘ladi.

“Rezolyutsiya bandlariga to‘liq amal qilinishiga chorlagan holda, mamlakatning barcha manfaatdor davlatlaridan o‘z nufuzi va ta'siridan ixtilof tomonlari Suriya muammosini tezroq tartibga solish maqsadida ishonch choralarini mustahkamlash yo‘lida real qadamlarni qabul qilishlari uchun foydalanishlarini kutamiz”, deyilgan xabarda. 

BMT Xavfsizlik kengashi 24 fevralda Suriyada aholiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun kamida 30 kunga mamlakatning butun hududi bo‘ylab jangovar harakatlarni to‘xtatishni talab qiluvchi 2401-rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjat mualliflari Kuvayt va Shvetsiya fikricha, bu Damashq chekkasidagi Sharqiy Gutadagi vaziyatni yaxshilashga yordam beradi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid