Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aqto‘beda avtobus ishtirokida YTH, O‘zbekiston fuqarolari jabrlandi
Qozog‘istonning Aqto‘be oblastidagi Samara-Chimkent avtomobil yo‘lida mikroavtobus ag‘darilib ketdi, deya xabar qilishgan viloyat ichki ishlar departamenti matbuot xizmatidan.
«Yo‘l-transport hodisasi oqibatida yetti yo‘lovchi – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turli tan jarohatlari bilan Xromtau shahri markaziy tuman shifoxonasiga olib ketildi. Avtobus salonida 25 yo‘lovchi bo‘lgan», - deya xabarni keltiradi RIA Novosti.
Ro‘y bergan hodisa yuzasidan «Transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi» moddasi bilan sudga qadar surishtiruv qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
10:56
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026
Toshkentda Lacetti chiroq ustuniga borib urildi
10:44 / 07.07.2026