Jahon | 18:10 / 26.02.2018
92894
1 daqiqa o‘qiladi

Shridevining o‘limiga nima sabab bo‘lgani aytildi

Foto: Reuters

Bollivud yulduzi – aktrisa Shridevining o‘limiga nima sabab bo‘lgani aytildi, deb xabar qilmoqda India Today.

Aktrisa 24 fevral kuni 54 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. U Dubayda bo‘lgan, bu yerga qarindoshining to‘yida qatnashish uchun kelgan.

O‘lim haqidagi guvohnomada ko‘rsatilgan ma'lumotlarga ko‘ra, Shridevi baxtsiz hodisa natijasida hayotdan ko‘z yumgan – u cho‘kib ketgan.

Foto: India Today

Ba'zi OAVning aniqlik kiritishicha, aktrisa vannaga yiqilib tushganidan so‘ng yuragi to‘xtab qolgan. Shuningdek iddao etilishicha, Shridevining qonidan alkogol izlari topilgan.

Mavzuga oid