Jahon | 21:36 / 05.03.2018
12589
2 daqiqa o‘qiladi

Toj-Mahalga chiptalar tong otishidan 45 daqiqa oldin sotila boshlanadi

Foto: flickr.com/Brandon

Hindiston hukumati Agradagi Toj-Mahal maqbarasiga chipta sotuvchi kassalar ishlash jadvalini sayyohlar kamayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida o‘zgartirishga qaror qildi. Bu haqda Times of India nashri xabar bermoqda

Ma'lum qilinishicha, ushbu qarorni Hindiston madaniyat vaziri Maxesh Sharma parlament quyi palatasi deputatlariga murojaatida aytib o‘tgan. Yangi qoidalarga ko‘ra, kassalar tong otishidan 45 daqiqa oldin ochilib, quyosh botishidan yarim soat oldin yopiladi. Hukumatdagilarning fikricha, bu sayyohlarga uzun navbatlarda vaqtni yo‘qotmaslikka va “Hindiston javohiri”ning ko‘rinishidan issiq tushguncha, kunning qulay vaqtida zavq olish imkonini beradi. 

Maqbaraning ishlash jadvali va chiptalar narxi o‘zgarishsiz qoladi. 

Toj-Mahal 17-asr o‘rtalarida podshoh Shohjahon buyrug‘i bilan uning tug‘ruq vaqtida vafot etgan rafiqasi Mumtoz Mahal sharafiga qurilgan. Maqbara Hindistonning “tashrif qog‘ozi” va mamlakatdagi eng mashhur yodgorlik hisoblanadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid