O‘zbekiston | 12:51 / 06.03.2018
36238
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryodagi gaz quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida 4 mart kuni soat 19:15 larda “Sho‘rquduq”mahallasi hududida joylashgan “Odil” MChJga qarashli avtomashinalarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, shoxobcha ishchisi 1996 yilda tug‘ilgan H.Poyonov va 1986 yilda tug‘ilgan N.Xushvaqtovlar ish joyidagi kompressor xonasida kompressorni tozalayotgan vaqtlarida vintilidan sizib chiqib, xonaga to‘planib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan.

H.Poyonov va N.Xushvaqtov kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid