Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiyada NUJga o‘xshash mehmonxona ochiladi
Norvegiyada noodatiy shakldagi, noma'lum uchar jismga o‘xshash, Svartisen muzligiga manzaralar ochiluvchi mehmonxona ochiladi. Bu haqda loyiha saytida ma'lum qilingan.
U Powerhouse energiya tejovchi standartlari bo‘yicha loyihalangan va Qutb doirasi ortida joylashgan ilk mehmonxona bo‘ladi. Mehmonxona Arktik ford suvlarida Svartisen muzligi etagida qurilmoqda.
Ushbu mehmonxona boshqa zamonaviy mehmonxonalarga qaraganda 85 foiz kamroq elektr iste'mol qiladi. Quyosh energiyasi mehmonxonaning o‘ziga ham, uning qurilishi uchun ham yetadi. Mehmonxona yog‘och qoziqlarda turadi.
Mehmonxonaning dumaloq shakli va oynavandligi fordga manzarali ko‘rinishni ta'minlaydi. Mehmonxona 2021 yilda ochilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
08:16 / 09.06.2026
Norvegiya dunyodagi eng chuqur suvosti tunnelini qurmoqda
08:59 / 28.05.2026
Norvegiya Fransiyaning yadroviy “qalqoni”ga qo‘shildi
10:35 / 25.04.2026
Norvegiyada bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
08:40 / 23.03.2026