O‘zbekiston | 12:49 / 06.03.2018
9617
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston poytaxtida Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali o‘rnatiladi

Joriy yilning 5 mart kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon mamlakat poytaxtidagi «Yoshlikning 50 yilligi» istirohat bog‘i nomini o‘zgartirish va unga yangi yodgorliklar o‘rnatish to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi. Bu haqda ushbu mamlakat prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Farmoyishga muvofiq, Tojikiston poytaxti hokimi shahar xalq deputatlari majlisiga Dushanbedagi Behzod ko‘chasida joylashgan istirohat bog‘ining nomini «Nizomiddin Alisher Navoiy» deb qayta nomlash bo‘yicha taklif kiritishi lozim.

Bundan tashqari, bog‘da O‘zbekiston va Tojikiston xalqlari do‘stligining ramzi sifatida Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy yodgorliklari o‘rnatiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid