Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki ishlar organlari pensionerlari qanday pensiya oladilar?
Ichki ishlar vazirining buyrug‘i (1.03.2018 yilda 2977-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) bilan Ichki ishlar organlari xodimlariga pensiya va nafaqa tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
Hujjat bilan quyidagi tartib belgilanmoqda:
• nafaqalar va pensiyalarni rasmiylashtirish, tayinlash va to‘lash;
• pensiyalar to‘lashni to‘xtatish va to‘xtatib turish;
• pensiyalardan chegirmalar qilish va b.
Ichki ishlar organlari xodimlariga va ularning oila a'zolariga pensiya va nafaqalarning quyidagi turlari to‘lanadi:

Yuqorida qayd etilgan to‘lovlarni rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarning batafsil ro‘yxatlari Yo‘riqnomada ko‘rsatilgan.
Pensiya va nafaqalar doimiy yashash joyi bo‘yicha IIO moliyaviy ta'minot xizmatlarining pensiya ta'minoti bo‘limlari tomonidan to‘lanadi.
Qayd etilishicha, IIO pensioneri arizasiga asosan va IIO rahbarlarining ruxsati bilan quyidagi hollarda 1 oydan ko‘p bo‘lmagan muddat uchun pensiyani muddatidan oldin olishga haqli bo‘ladi:
• sanatoriy-kurort muassasalariga davolanish uchun bormoqchi bo‘lganida (yil davomida 1 marotaba);
• pensionerning mulkiga zarar yetkazuvchi favqulodda holatlar sodir bo‘lganda;
• pensionerning oila a'zolari (yaqin qarindoshlari) vafot etganda.
Shuningdek Yo‘riqnomada IIO pensionerining pensiyasidan uning arizasiga asosan ixtiyoriy ravishda aliment undirilishi tartibi belgilangan.
Hujjat 1.03.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
13:17 / 01.07.2025
Nogironlik pensiyasini proaktiv shaklda tayinlash tartibi belgilandi
18:38 / 30.06.2025
Raqamli g‘azna tizimi joriy etiladi
12:21 / 26.06.2025
Pensiya yoshini oshirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan - Pensiya jamg‘armasi
14:05 / 25.06.2025