O‘zbekiston | 12:48 / 07.03.2018
212874
2 daqiqa o‘qiladi

Sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirovning o‘g‘li qidiruvga berildi

Foto: IIV

O‘zbekiston Respublikasi sobiq bosh prokurori Rashidjon Qodirovning o‘g‘li Alisherbek Qodirov O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvga berildi. IIV rasmiy saytida bu borada tegishli ma'lumot e'lon qilingan.

Qayd etilishicha, 1979 yilning 21 aprel kuni tug‘ilgan A.Qodirov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi A-bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan tovlamachilik), 165-moddasi 3-qismi A-bandi (juda ko‘p miqdordagi tovlamachilik), 168-moddasi 3-qismi A-bandi (ko‘p miqdordagi firibgarlik), 168-moddasi 4-qismi A-bandida (juda ko‘p miqdordagi firibgarlik) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda gumonlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 24 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining sobiq Bosh prokurori Rashid Qodirov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 221-moddasi tartibida ushlangani haqida xabar berilgan edi. Qodirovga nisbatan «Tovlamachilik», «Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish», «Pora olish» moddalari bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Shuningdek, ushbu jinoyat ishi bo‘yicha bosh prokurorning sobiq o‘rinbosarlari hamda Toshkent viloyatining sobiq prokurorlari bo‘lmish Jamshid Fayziyev va Ulug‘bek Sunnatov ushlangan.

Mavzuga oid