Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi yana ikki prokuror qölga olingani haqida rasman ma'lumot berdi.
Prokuratura rasmiy saytida ma'lum qilinişiça, Toşkent viloyatining sobiq boş prokurorlari Jamşid Fayziyev va Uluğbek Sunnatov ayni vaqtda hibsda.

«Hozirgi kunda jinoyat işi böyiça boş prokurorning sobiq örinbosarlari hamda Toşkent viloyatining sobiq prokurorlari J.Fayziyev va U.Sunnatov uşlangan», deyilgan xabarnomada.
Xabarda internet naşrlarida Özbekiston Respublikasi sobiq boş prokurori Raşid Qodirovga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi ortidan tarqatilayotgan köplab axborotlar foydalanuvçilarda tergov tafsilotlari borasida turli fikr va mulohazalarni keltirib çiqarayotgani qayd etilgan.
«Şu munosabat bilan, Boş prokuratura Özbekiston Respublikasi qonunçiligi talablariga muvofiq tergov organi dastlabki tergovni olib boriş vaqtida jinoyat işidagi barça ma'lumotlarni yoki uning muayyan qismidagi ma'lumotlarni oşkor qilinmaydigan deb e'tirof etişga haqli ekanligini ma'lum qiladi.
Bu turdagi ma'lumotlar tergovning sifatli, töla va xolisona ötkazilişini ta'minlaş, şuningdek jinoyat izlarining yöq qilinişi, jinoiy yöl bilan topilgan aşyolar, vositalarning yaşirilişi, tergov organlarining haqiqatni aniqlaş borasidagi faoliyatiga tösqinlik qilinişi yoki tergov jarayonini qiyinlaştiruvçi boşqa qonunga xilof harakatlar sodir etilişining oldini oliş maqsadida oşkor qilinmaydi.
Bu kabi axborotlarni e'lon qiliş tezkor tadbirlar va dastlabki tergovga ziyon yetkazişi, aybdor şaxslarni öz vaqtida foş etiş va uşlaşga tösqinlik qilişi mumkin», deyilgan xabarda.
Uluğbek Sunnatov va Jamşid Fayziyev işi böyiça tergov sirini taşkil qilmaydigan qöşimça axborotlar vujudga kelişi barobarida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasining rasmiy saytida tegişli ma'lumotlar çop etib borilişi ma'lum qilingan.
Eslatib ötamiz, Raşid Qodirov Özbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 221-moddasi tartibida uşlanganligi haqida 24 fevral kuni xabar berilgan edi. U qölga olingani haqida 22 fevral kuniyoq xabarlar tarqalgandi. Qodirovga nisbatan «Tovlamaçilik», «Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qiliş», «Pora oliş» moddalari böyiça jinoyat işi oçilgan.








