Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pnevmatik pistoletlarni olib yurish uchun ruxsat kerakmi?
Foto: Xalqaro Press-klub
O‘zbekistonda pnevmatik qurol olib yurish uchun maxsus ruxsat talab etilmaydi. XPKning navbatdagi sessiyasida shu haqda ma'lum qilindi.
Xalqaro Press klubning 7 mart kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi sessiyasida IIV yuqori lavozimli mulozimlari ishtirok etdi. Unda jurnalistlardan biri O‘zbekistonda pnevmatik qurol olib yurish qonun bilan tartibga solinganiga qiziqdi. Bu savolga Jamoat tartibini qo‘riqlash boshqarmasining ruxsat berish bo‘limi boshlig‘i Teshaboyev javob berdi.
“Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, ruxsat berish tizimi faqatgina o‘qotar qurollarga nisbatan joriy qilingan. Oliy sudning 1996 yildagi Plenumida har qanday kalibr va kuchdagi pnevmatik pistolet yoki boshqa turdagi pnevmatik qurol o‘qotar qurol hisoblanmaydi, degan xulosaga kelingan. Shunga binoan, pnevmatik pistolet olib yurish qonun bilan tartibga solinmagani tufayli noqonuniy hisoblanmaydi”, - dedi Teshaboyev.
Foto: Xalqaro Press-klub
IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Qutbiddin Burhonov ayni savolga aniq va lo‘nda qo‘shimcha qilib, “O‘zbekistonda pnevmatik qurolni olib yurish uchun hech qanday ruxsat kerak emas”ligini bildirdi.
Mavzuga oid
18:03 / 06.03.2026
“OAVda boshqacha aylanib ketgani uchun jarayon to‘xtab qolgan” – qurilishda korrupsiya haqida gapirgan tadbirkor ustidan IIVga yozilgani haqida
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
08:00 / 01.03.2026
Zaharlangan bolalar va bezori “yosh boyvachchalar” - hafta dayjesti
17:52 / 28.02.2026