Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada KXDRga aloqador maxsus komissiya tuzildi
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In prezident ma'muriyati boshlig‘i Im Chjon Sokni KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuvini tashkillashtirish masalasiga mas'ul bo‘lgan komissiya rahbari etib tayinlaydi. Bu haqda Ryonxap agentligi prezident matbuot kotibiga asosan xabar bermoqda.
"Qo‘mitaning asosiy vazifasi – aprel sammitida real kelishuvga erishish", - deya aytib o‘tdi amaldor.
Bundan tashqari, prezident AQSh yetakchisi Donald Tramp va KXDR rahbari Kim Chen Inning uchrashuvi bo‘yicha erishilgan kelishuvni ma'qulladi.
"Maydagi uchrashuv tarixiy voqeaga aylanadi, u Koreya yarim orolidagi tinchlikni real holatga keltiradi. Agarda prezident Tramp va rais Kim Koreyalararo sammitdan so‘ng uchrashsa, Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli hududga aylantirish bo‘yicha to‘g‘ri yo‘l tanlanadi", - deya prezidentning so‘zlarini keltiradi agentlik.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
19:26 / 06.05.2026