Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya O‘zbekistonga grantlar ajratdi
Foto: Reuters
Yaponiya O‘zbekistonda 12 ta kichik ijtimoiy loyihani amalga oshirish uchun 687 ming dollardan ko‘proq grantlar ajratdi.
Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Nobuaki Ito O‘zbekiston poytaxti va mintaqalarida 12 ta kichik ijtimoiy loyihani amalga oshirishni nazarda tutadigan grant shartnomalarini imzoladi.
Tashkilotchilarga ko‘ra, moliyaviy yordam benefitsiarlari orasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan viloyati filiali, Farg‘ona viloyati nogironligi bor bolalarni reabilitatsiya qilish markazi, Qashqadaryo viloyati nogironligi bor shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi, 7-sonli Toshkent shahar klinik shifoxonasi va respublika turli viloyatlaridagi qator umumta'lim maktablari hamda maktabgacha ta'lim muassasalari bor.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 1995 yildan buyon Yaponiya hukumatining «Kichik hajmdagi ijtimoiy loyihalarga ko‘maklashish» dasturida ishtirok etmoqda.
Loyiha doirasida O‘zbekistonning turli davlat va nodavlat muassasalari jami 26 million dollardan ziyod miqdorda moliyaviy yordam oldi.
Mavzuga oid
12:54 / 04.04.2026
Yaponiyaga qisqa muddatli viza bilan borib, qochqinlik maqomini olmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik deport qilindi
08:31 / 30.03.2026
Yaponiya ko‘mir issiqlik elektr stansiyalari uchun cheklovlarni yumshatadi
22:25 / 24.03.2026
Yaponlar o‘z uyida qanday qilib mukammal ozodalikni saqlaydi?
22:15 / 24.03.2026