Yaponiya Özbekistonda 12 ta kiçik ijtimoiy loyihani amalga oşiriş uçun 687 ming dollardan köproq grantlar ajratdi.

Yaponiyaning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Nobuaki Ito Özbekiston poytaxti va mintaqalarida 12  ta kiçik ijtimoiy loyihani amalga oşirişni nazarda tutadigan grant şartnomalarini imzoladi.

Taşkilotçilarga köra, moliyaviy yordam benefitsiarlari orasida Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan viloyati filiali, Farğona viloyati nogironligi bor bolalarni reabilitatsiya qiliş markazi, Qaşqadaryo viloyati nogironligi bor şaxslarni reabilitatsiya qiliş va protezlaş markazi, 7-sonli Toşkent şahar klinik şifoxonasi va respublika turli viloyatlaridagi qator umumta'lim maktablari hamda maktabgaça ta'lim muassasalari bor.

Eslatib ötamiz, Özbekiston 1995 yildan buyon Yaponiya hukumatining «Kiçik hajmdagi ijtimoiy loyihalarga kömaklaşiş» dasturida iştirok etmoqda.

Loyiha doirasida Özbekistonning turli davlat va nodavlat muassasalari jami 26 million dollardan ziyod miqdorda moliyaviy yordam oldi.