Jamiyat | 11:30 / 15.03.2018
47507
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda mudhish qotillik yuz berdi

Foto: IIV

Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida 2018 yil 9 mart kuni Beshtol MFY Hurlik ko‘chasida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan A.Q. 19.00larda birga yashovchi ukasi, ATB “Hamkorbank” tuman filiali ishchisi, 1990 yilda tug‘ilgan F.Q. o‘zining “Neksiya” rusumli avtomashinasida ish joyidan noma'lum tomonga ketib, bedarak yo‘qolganligini ma'lum qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qidiruv ishlari natijasida avtomashina Qo‘rg‘ontepa tumani Yangi-bo‘ston MFY hududida joylashgan “Omad Zuhro” fermer xo‘jaligidan oqib o‘tuvchi “Savay ariq” kanalidan topilgan.

Shuningdek, Nafosat mahallasida joylashgan “Oxunjon yer saxovati” fermer xo‘jaligidan oqib o‘tuvchi “Savay ariq” kanalidan F.Q.ning bosh va chap biqin sohalarida tan jarohatlari bilan jasadi topilgan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Jalaquduq tumani Beshtol MFY Bog‘ ko‘chasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan F.S. va Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi, O‘sh shahri Zaynobidinova dahasi O‘sh ko‘chasida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan A.I. sodir etganliklari aniqlandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid