Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Savchenko teraktga tayyorgarlik ko‘rishda gumonlanib hibsga olinishi mumkin
Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenkoning ma'lum qilishicha, Oliy rada deputati Nadejda Savchenko hibsga olinishi mumkin. U Radada terakt amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rishda gumonlanmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qildi.
«Tergovda Ukraina xalq deputati Nadejda Savchenko Oliy rada zalida terrorchilik aktini sodir etishni shaxsan rejalashtirgani, shaxsan odam yollagani, shaxsan buni jangovar granatalar yordamida amalga oshirish borasida ko‘rsatmalar bergani yuzasidan rad etib bo‘lmaydigan dalillar bor. U minomyotlar orqali Oliy rada qubbasiga zarar yetkazish va omon qolganlarni avtomatlar yordamida o‘ldirmoqchi bo‘lgan», - deya aytib o‘tdi Lutsenko.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Oliy radaga Savchenkoni jinoiy javobgarlikka tortish, qo‘lga olish va hibs qildirish bo‘yicha taqdimnoma kiritadi.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17 / 19.06.2026
Solovyov dronlar hujumini tasvirga olganlarni qamashni talab qildi
08:58 / 19.06.2026