Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stiv Jobsning qizi otasi bilan murakkab munosabatlari haqida kitob yozmoqda
Foto: Wikipedia
Stiv Jobsning qizi Liza Brennan-Jobs otasi bilan munosabatlariga bag‘ishlangan memuarlarni yozayotgani haqida so‘zlab berdi. Kitob joriy yilning sentabr oyida taqdim etiladi, deya xabar beradi Chicago Tribune.
Kitobda Brennan-Jobs otasi uning shaxs sifatida rivojlanishiga qanday ta'sir ko‘rsatgani haqida so‘z yuritadi. Jurnalist ayol Apple asoschisi bilan u qadar oson kechmagan munosabatlarini ochib berishga harakat qiladi. Memuarlarni chop etadigan Grove Press nashri Brennan-Jobs tarixini yosh qiz va uning otasi o‘rtasidagi qarshilik haqidagi "achchiq" hikoya deb atamoqda.
Kitob do‘konlar rastalariga 4 sentabr kuni chiqishi kutilmoqda. Uning muallifi, 39 yoshli jurnalist Liza Brennan-Jobs ishbilarmonning Krisann Brennan bilan munosabatlari natijasida dunyoga kelgan to‘ng‘ich qiz farzandi. Jobs uzoq vaqt otalik va hatto kompyuterni qizining sharafiga Apple Lisa deb ataganiga doir dalillarni inkor qilgan. Yillar o‘tgach Stiv Jobs qondoshlikni tan oldi, Lizani o‘z oilasiga ko‘chirib o‘tkazdi va uni Harvard universitetida o‘qitadi.
Mavzuga oid
07:23 / 05.11.2025
Kitob o‘qishda peshqadam 5 davlat: Amerikadan Yevropagacha
11:53 / 22.10.2025
O‘zbek yoshlari uchun katta sovg‘a: “Ming kitob” loyihasi dastlabki 27 ta kitobni taqdim etdi
20:42 / 18.10.2025
Inson emas, insoniylik o‘lganda haqiqiy jinoyat sodir bo‘ladi
14:47 / 16.10.2025