Sport | 10:17 / 19.03.2018
23838
2 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu joriy yilda eng ko‘p gol urgan futbolchi

Foto: Reuters

Ispaniya chempionatining 29-turi doirasida «Real» «Jirona»ni qabul qildi va 6:3 hisobida g‘alabaga erishdi.

Madridliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘yinda poker muallifi bo‘ldi. 

33 yoshli portugaliyalik futbolchi 2018 yil boshidan buyon 13 o‘yinda maydonga tushib, 21 gol urdi. U endilikda Yevropadagi top-5  chempionatlarda bu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchiga aylangan.

Ronaldu yil boshidan buyon bir poker, bir het-trik qayd etdi, shuningdek, 6 marta dubl qayd etilgan, u ikki o‘yinda bittadan gol urgan. Ronalda qatorasiga 8 o‘yinda uzluksiz gol urdi.

Portugaliyalik futbolchi «Oltin butsa» uchun imkoniyat saqlab qolmoqda. Hozirda mavsumda eng ko‘p gol urgan Muhammad Salohda 28 gol bor. Ronaldu Primerada jami – 22 gol urgan.

Bu gollar portugaliyalik futbolchiga Primera to‘purarlari ro‘yxatida «Barselona» hujumchisi Luis Suaresni (21) quvib o‘tib, 22 gol bilan 2-o‘ringa ko‘tarilishini ta'minladi. Ro‘yxatda birinchi o‘rinda Primera o‘yinlarida 25 gol urgan «Barselona» hujumchisi Lionel Messi bormoqda.

Qayd etish kerakki, Ronaldu joriy mavsumda har goli uchun o‘rtacha 92,5 daqiqa sarflamoqda. Messida bu ko‘rsatkich 98,4 daqiqani tashkil etgan, Suaresda esa – 106,8 daqiqa.

Mavsum to‘purarlari

Foto: La Liga

Mavzuga oid