Jahon | 16:00 / 19.03.2018
22104
1 daqiqa o‘qiladi

Skripal ishi. Yana bir davlat rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishga yaqin

Foto: Depositphotos

Polsha hukumati kantselyariyasi rahbari Mixal Dvorchikning ma'lum qilishicha, mamlakat rasmiylari Buyuk Britaniyada GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning zaharlanishi bo‘yicha ish tufayli rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborishlari mumkin.

Bu haqda u Zet radiostansiyasi efirida aytib o‘tdi.

«Biz bilamizki, Buyuk Britaniya rossiyalik diplomatlarni chiqarib yubordi, shuning uchun bunday turdagi sanksiyalar ham e'tiborga olinishi kerak. Shuningdek, biz iqtisodiy sanksiyalar, qator boshqa tashabbuslar haqida ham gapirmoqdamiz», - deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.

Bundan tashqari, uning qo‘shimcha qilishicha, yaqin vaqt ichida YeI va NATO davlatlarining kamida bir qismi Buyuk Britaniyada ro‘y bergan hodisaga umumiy reaksiyani aniqlashtirib oladi.

Avvalroq Britaniya Rossiyaning so‘nggi qarori tufayli xavfsizlik bo‘yicha milliy kengashni chaqirishi xabar qilingandi.

Mavzuga oid