Jahon | 17:21 / 17.03.2018
23859
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya Rossiyaning so‘nggi qarori tufayli xavfsizlik bo‘yicha milliy kengashni chaqiradi

Foto: RIA "Novosti"

Buyuk Britaniyaning xavfsizlik bo‘yicha milliy kengashi kelasi hafta boshida yig‘ilib, Rossiyaga nisbatan keyingi qadamlarni muhokama qiladi. Bu Rossiya tomonidan Britaniyaga nisbatan javob choralari e'lon qilingani tufayli yuz beradi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

«Rossiyaning so‘nggi xatti-harakatlari tufayli, biz shunday javobni oldindan ko‘ra bilgandik, xavfsizlik bo‘yicha milliy kengash kelasi hafta boshida yig‘iladi va keyingi qadamlarni muhokama qiladi. Bizning hozirgi ustuvor vazifamiz – Rossiyadagi xodimlarimiz haqida qayg‘urish va Buyuk Britaniyaga qaytayotganlarga yordam berish», - deyiladi Buyuk Britaniya TIV bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya britaniyalik 23 diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborayotgani xabar berilgandi. Bundan tashqari, British Council’ning Rossiyadagi faoliyati to‘xtatilmoqda.

Mavzuga oid

E`lonlar