Jamiyat | 12:50 / 20.03.2018
5689
1 daqiqa o‘qiladi

Zangiotada yong‘in, bir kishi halok bo‘ldi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yong‘in yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 16 mart kuni soat 13.18larda Harakat MFY Tutzor 2-tor ko‘chasida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan  B.S.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. 

Yong‘in oqibatida uyning pol qismi va uy jihozlari yonib zarar ko‘rgan hamda yong‘in o‘chirish vaqtida B.S.ning 2006 yilda tug‘ilgan o‘g‘li kuygan holdagi jasadi topilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid