Haydovchi 2 nafar piyodaning o‘limiga sabab bo‘ldi
2018 yil 15 mart kuni soat taxminan 19:30da fuqaro A. Marg‘ilon-Qorajiyda yo‘nalishi bo‘yicha “Neksiya” rusumli avtomashinani boshqarib, Muborak jome masjidining ro‘parasidagi yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda M. va uning o‘g‘li voyaga yetmagan S.ni urib yuborgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi natijasida M. va uning o‘g‘li voyaga yetmagan S. hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odamlar o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:58 / 19.09.2024
Marg‘ilonda “Atlas bayrami” xalqaro festivali boshlandi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024