Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh: Xitoy bilan savdo urushidan qo‘rqmaymiz
Foto: Reuters
AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchinning ma'lum qilishicha, Vashington Xitoy bilan yuz beradigan savdo urushidan qo‘rqmaydi. Bu haqda Fox News xabar bermoqda.
«Biz bojlar bilan bog‘liq ishlarni davom ettirish niyatidamiz, buning ustida ishlayapmiz. AQSh prezidenti Donald Tramp aytganidek, biz savdo urushidan qo‘rqmaymiz», - deya aytib o‘tdi Mnuchin.
Shuningdek uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh ikki mamlakat o‘rtasidagi savdoda Amerika tomoni defitsitini kamaytirishga erishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Tijorat vazirligi AQShni po‘lat va alyuminiyga yangi bojlar bo‘yicha Pekin tashvishiga sabab bo‘layotgan holatlarni tezroq e'tiborga olish hamda bu boradagi qarama-qarshilikka yechim topishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
23:50 / 11.01.2026
AQSh Eronga qo‘shin jo‘natish ehtimolini ko‘rib chiqmayapti – OAV
00:48 / 11.01.2026
Xitoy kompaniyasi odamsimon robotlar sotish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi
18:06 / 10.01.2026
Venesuela va AQSh diplomatik munosabatlarni tiklamoqchi
16:59 / 10.01.2026