AQŞ moliya vaziri Stiven Mnuçinning ma'lum qilişiça, Vaşington Xitoy bilan yuz beradigan savdo uruşidan qörqmaydi. Bu haqda Fox News xabar bermoqda.

«Biz bojlar bilan boğliq işlarni davom ettiriş niyatidamiz, buning ustida işlayapmiz. AQŞ prezidenti Donald Tramp aytganidek, biz savdo uruşidan qörqmaymiz», - deya aytib ötdi Mnuçin.

Şuningdek uning qöşimça qilişiça, AQŞ ikki mamlakat örtasidagi savdoda Amerika tomoni defitsitini kamaytirişga erişmoqçi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy Tijorat vazirligi AQŞni pölat va alyuminiyga yangi bojlar böyiça Pekin taşvişiga sabab bölayotgan holatlarni tezroq e'tiborga oliş hamda bu boradagi qarama-qarşilikka yeçim topişga çaqirgandi.