Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya TIV Londonga syurpriz va'da qildi
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Britaniya hukumatiga syurpriz va'da qildi. Bu haqda u «Rossiya 1» telekanalidagi «Voskresnyy vecher s Vladimirom Solovevym» ko‘rsatuvi davomida aytib o‘tdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».
Zaxarova so‘zlariga ko‘ra, Britaniyaning Skripal ishi bo‘yicha harakatlari mamlakat hukumati «dunyo miqyosidagi qora piar» konsepsiyasiga o‘tganidan dalolat beradi. Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, Rossiyaga qarshi axborot kampaniyasi yaxshi darajada ishlab chiqilmagan.
«Bizda Rossiyani Uchinchi reyx bilan taqqoslashga jazm qilgan, bunga beti chidagan barchaga syurpriz bor», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Zaxarova.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Bi-bi-si» telekanali Skripal Putinga xat yuborib, kechirishni so‘ragani haqida xabar bergandi. Xabar qilinishicha, Skripal o‘zini sotqin deb hisoblamagan, sababi «u Rossiyaga emas, balki Sovet Ittifoqiga, sotsialistik vataniga sodiq bo‘lish haqida qasamyod keltirgan». Aytilishicha, Skripal Rossiya prezidenti Vladimir Putinga maktub yuborib, unda «butunlay kechirish» va vatanga qaytish imkoniyatini taqdim etishni so‘ragan.
Mavzuga oid
10:15
Britaniya davlat xizmatchilari akkauntlari hakerlik hujumiga uchradi
09:50
Rossiya tinchlik muzokaralarini kechiktirishi mumkin - FT
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49 / 05.07.2026