Jahon | 15:45 / 30.03.2018
13582
2 daqiqa o‘qiladi

Kreml: Rossiya diplomatik urushni boshlamadi

Foto: Global Look Press

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Moskva Vashingtonning rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborish bo‘yicha qarori tufayli javob qadamlarni qo‘yishga majbur bo‘ldi.

«Rossiya Vashington tomonidan bizning diplomatlar chiqarib yuborilishi va konsullik muassasasi yopilishi bilan bog‘liq bo‘lgan nodo‘stona, nokonstruktiv, noqonuniy harakatlarga javoban tegishli qadamlarni qo‘yishga majbur bo‘ldi», - deya aytib o‘tdi Peskov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hech qanday diplomatik urushlarni keltirib chiqarmagan.

«Prezident Putin eng boshidan beri barcha davlatlar, jumladan AQSh bilan yaxshi munosabatlarni yo‘lga qo‘yish tarafdoridir va hozir ham shunday. Rossiya sanksiyalar almashish, diplomatlarni chiqarib yuborish tashabbusi bilan hech qachon chiqmagan va hokazo», - deya ta'kidlab o‘tdi Peskov.

Shu bilan birga, uning qayd etishicha, «Rossiya yaxshi munosabatlarni yo‘lga qo‘yish uchun ochiq bo‘lib qolmoqda».

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid