O‘zbekiston | 14:30 / 30.03.2018
21908
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident Jizzaxda ham jamoat joylarida kuzatuv kameralari o‘rnatishga topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahridagi 2-ichki ishlar bo‘linmasini borib ko‘rdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Huquq-tartibot idoralari odamlarning osoyishtaligini, jinoyat bo‘lmasligini kafolatlashi kerak. Buning uchun yurish, har bir holatdan xabardor bo‘lish zarur. Militsiya mahalla bilan birga ishlasa, jinoyatchilik bo‘lmaydi, dedi prezident.

Davlat rahbari shahar va fuqarolar xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan innovatsion tizimlar, militsiya xodimlari o‘rtasidagi mobil aloqa dasturi bilan tanishdi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Jamoat xavfsizligini ta'minlash, jinoyatchilikning oldini olish, yo‘l-transport tizimini tartibga solish, bu borada Jizzaxda ham Toshkent shahri tajribasini joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Profilaktika inspektorlarini axborot texnologiyalariga o‘qitish, bu bo‘yicha ilmiy-amaliy qo‘llanma yaratish zarurligi qayd etildi.

Davlat rahbari mazkur bo‘linmada «Zargarlik» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va profilaktika inspektori bilan suhbatlashdi. Jamoat joylariga, birinchi navbatda, bolalar bog‘chalari va maktablarga kuzatuv kameralari o‘rnatish bo‘yicha topshiriq berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mavzuga oid